O‘zbekiston-Bangladesh siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida

2022-yil 14-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Bangladesh Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi davrasi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov va Bangladesh tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ma’sud Momen boshchilik qildi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, siyosiy maslahatlashuvlar ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tarixida ilk bor o‘tkazilmoqda.

Delegatsiyalar ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

BMT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi,

O‘zaro hamkorlikning huquqiy bazasini kengaytirish muhimligi qayd etildi. Shu munosabat bilan tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida ishchi guruhlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish va kengaytirishga ko‘maklashish, o‘zaro savdo uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqotda O‘zbekiston-Bangladesh kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi.