O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

O‘zbekiston Respublikasi muqaddas Ramazon oyi kunlarida Kobul, Mozori-Sharif va Qunduz shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlarini qatʼiy qoralaydi.

Tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘lgan zo‘ravonlik harakatlari Afg‘onistonda barqaror tinchlik va milliy totuvlik o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi.

O‘zbekiston tomoni halok bo‘lganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi, shuningdek, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi.