Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar maxsus vakillarining bo‘lajak birinchi uchrashuvi Toshkentda bo‘lib o‘tadi

2023-yil 7-mart kuni Toshkentda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar maxsus vakillarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda O‘zbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etadi. Uchrashuvda Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, mamlakatdagi vaziyatni tartibga solish va uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish bo‘yicha tomonlarning o‘zaro hamkorligi, shuningdek, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilinadi.