Niderlandiya Elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi

2023-yilning 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov Niderlandiya Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) etib tayinlangan Andre Karstensning ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Uchrashuvda siyosiy muloqotni faollashtirish va iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish orqali ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. B.Saidov savdo-sarmoyaviy hamkorlik va parlamentlararo muloqotni institutsionallashtirish taklifini bildirdi.