O'zbekiston maxsus borti Turkiyaga keldi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig’iga binoan mamlakatimiz maxsus borti halokatli zilzilalar natijasida jabrlanganlarga shoshilinch yordam ko'rsatish maqsadida Gaziyantep shahriga (Turkiya) yetib keldi.

Bortda umumiy soni 71 kishidan iborat qo'shimcha qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari guruhi bilan bir qatorda, navbatdagi gumanitar yordam partiyasi ham yetkazildi.

Jabrlanganlarga yordam berish maqsadida Mudofaa vazirligi tibbiy otryadining 50 nafar xodimi xizmat qiladigan bir gektar maydonga toʻqqizta alohida boʻlinmadan iborat koʻchma shifoxona majmuasini joylashtirish rejalashtirilgan. Ushbu dala shifoxonasi O'zbekistondan keltirilga barcha zarur tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar bilan toʻliq taʼminlanadi.